Telegramda bot yaratish

Php tili asosida telegramda bot yaratishni o'rganish.
Muallif:
Programmer UZ
Bo'limlar:
  • Premium Kurslar

500000 SO'M

Xarid qilish

Kursda:

  • 57 ta dars
  • 11:31:50
  • Yuklab olinadi

Bugungi kunda korxonalarning yaratayotgan xizmat turlarining deyarli barchasi telegram orqali faoliyatni tashkil etgan. Foydalanuvchilarning asosiy trafigi aynan shu tarmoqqa tegishli ekanligi ham hech kimga sir emas. Bu kabi xizmat turlarini ishlab chiqish esa, o'z navbatida, yuqori darajali jarayonlarni bosib o'tadi.

Keling, dastlab bot tushunchasiga to'xtalib o'taylik. Telegram bot - shu tarmoqda ishlaydigan kichik bir dasturcha. U ma'lum bir tizimni boshqaradi. Ular orqali, kanallarni, guruhlarni nazorat qilish yoxud mavjud loyihalarni tanishtirish, shu bilan birgalikda, xizmat turlarini yo'lga qo'yish ancha oson kechadi.

Bot ishlab chiqish uchun bir nechta texnologiyalardan foydalanish mumkin:  PHP, NodeJS, Python...

Shu texnologiyalar ichida foydalanishingiz qulay bo'lishini ta'minlab beruvchi php tili orqali botni yaratish joriy kursimizda ko'rib chiqiladi.

Kursda nimalar o'rganiladi?

Kursda telegram uchun yaratilgan php-sdk o'rganiladi. Undagi funksiyalar orqali bot yaratish, botni web-sayt bilan integratsiya qilish, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash ko'rsatiladi. 

Kursni o'rganish uchun sizdan boshlang'ich php bilimi talab etiladi. Agar php ni bilmasangiz, muammo yo'q, ko'rsatilgan ishlarni takrorlash orqali ham bemalol o'rganishingiz mumkin.