C++ dasturlash tili odatda foydalanuvchilarga birinchi bo'lib tavsiya etiladigan til sifatida qaraladi. C++ tilini oraliq til sifatida qarashimiz mumkin. U quyi darajada to'g'ridan to'g'ri qurilmalar uchun ham ishlay olsa, yuqori darajadagi til sifatida ham turli loyihalarda namoyon bo'la oladi.
C++ yuqori darajadagi dasturlash tili bo'lib, u Bjarne Stroustrup tomonidan C tilining kengaytirilgan varianti sifatida yaratiladi. Bu tilning ustuvor tomoni unda Obyektga yo'naltirilgan dasturlashning mavjud bo'lganida deb qarash mumkin. C++ tili turli yo'nalishdagi mahsulotlar yaralishida ahamiyatli va mashhur bo'lgan, jumladan video o'yinlar, desktop dasturlari, serverlar, turli aloqa vositalarini misol sifatida ko'rish mumkin.