PHP - REST API

PHP`da turli servislar uchun API yozishni o'rganish
Muallif:
Programmer UZ
Bo'limlar:
  • Premium Kurslar
  • Web

120000 SO'M

Xarid qilish

Kursda:

  • 8 ta dars
  • 02:50:10
  • Yuklab olinadi

Yagona ma'lumotlar bazasidan bir nechta qurilmalarda ishlaydigan platformalarda foydalanishni qulay yaratish muhim hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, hozirda bir sistema borki, undan web-sayt orqali ham, mobil ilova orqali ham birdek foydalanish mumkin. Bunda siz-u biz foydalanadigan va yuboradigan so'rovlarni maxsus bir vosita - API amalga oshirib beradi.

API - Application Programming Interface so'zlari qisqartmasi bo'lib, Dasturlarni dasturlashdagi interfeys ko'rinishida qabul qilishimiz mumkin. 

API tizimi so'rovga mos kelgan ma'lumotlarni bazadan chiqarib berish vazifasini bajaradi. Ushbu kursda esa aynan mana shu tizimni qanday yaratish bosqichma-bosqich PHP`da o'rgatiladi. Umuman olganda, bu tizimni back-end tomonlama ish olib boradigan istalgan texnologiya bilan yaratish mumkin, biz php ancha sodda va tushunarli bo'lganligi uchun vosita sifatida uni tanlab oldik.

Nimalarni bilish kerak?

Kursni to'liq o'zlashtirishingiz uchun php`dan foydalana olishingiz, obyektga yo'naltirilgan dasturlashni bilishingiz lozim. Bundan tashqari, ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni, ya'ni SQL so'rovlarini yoza olishingiz kerak. Kursda asosiy fokus API yaratishga qaratiladi, SQL yoki Phpni o'rganishga emas. Agar sizda bu ikki tushuncha borasida ma'lumot bo'lmasa, php`ga aloqador bepul darslarimizni tomosha qiling, sqlni esa "Ma'lumotlar bazasi va dizayni kursimiz"dan o'rganing.