Dunyoda loyihalar ishlab chiqish bo'yicha asosiy qism web loyihalarga to'g'ri keladi. Bu borada esa loyihaning har tomonlama mukammal, tez, himoyalangan va qulay interfeysga ega tarzda shakllanishi ahamiyatlidir. Texnologiya shu darajada rivojlanib borayaptiki, loyihalarni yaratishda 0 dan boshlab ishlab chiqishga bugun deyarli ehtiyoj yo'q. Sababi bugun bir texnologiya boshqa bir texnologiyani yaratayapti. Frameworklar esa bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Framework - bu qandaydir loyihaning fundamental qismi hisoblanadi. Boshqcha aytganda, loyiha skeleti asosi sanaladi. Biz ulardan foydalanib, loyihani to'g'ri strukturaga joylashtirib yaratib borishimiz mumkin.
Laravel - bu php frameworki hisoblanib, u orqali web loyihamizni qulay ravishda tezda shakllantirishimiz lozim bo'ladi. Undan foydalanish uchun Php da boshlang'ich bilimlar bo'lishi talab etiladi.
Kurs boshlovchilar uchun ajoyib qo'llanma sifatida taqdim etiladi. Laravel ham boshqa texnologiyalar singari yangi versiyalarida yangicha imkoniyatlar yaratib borayapti. Siz kursdan foydalanayotganingizda unda ko'rsatilgan darslarda mavjud laravel versiyasi bilan sizdagi laravel versiyasi boshqa xil ko'rinishidagi fikrda bo'lishingiz tabiiy. Lekin kursda keltirgan darslarda Laravelning asosiy qismlari, ma'lumotlar bazasi, blade texnologiyasi, MVC qay tarzda shakllantirilganligi ko'rsatiladi va bu barcha versiya uchun deyarli mutlaqo o'zgarmas funksiyalar sanaladi. Shu sababli, undan istalgan paytda foydalanish imkoniyatiga egasiz.
Albatta! Kurs davomida sodda blog tuzib ko'rsatiladi. Uning Admin paneli ham yaratiladi. U orqali qanday boshqarish funksiyalarini ishlash ham sodda tartibda tushuntiriladi.