HTML ni o'rganish orqali siz web-sahifalar strukturasini o'rganasiz. Ko'p hollarda kodlash uchun (dasturlash uchun emas) HTML birinchi bo'lib tavsiya etiladi. Sababi u juda oddiy, faqatgina ma'lumotlar ustida ish olib borish va ularni tartiblash bilan shug'ullanadi.
Keyinchalik, yaratilayotgan sahifalar jozibasi uchun CSS, xarakter berish uchun JavaScript, boshqaruv qulay bo'lishi uchun bir qancha frameworklarga o'tib ketish mumkin. Lekin, bularning eng asosida yotgan HTML`ni yaxshi bilish muhim.