Kurs tarkibi

Telegramda bot yaratish

Muallif: Bobobek Turdiyev

134400 UZS

A'zo bo'lish

Kurs haqida

Bugungi kunda xizmatning turli sohalarida telegram asosiy vosita bo'lib kirib keldi. Biznesning ajoyib yo'li sifatida telegram taqdim etayotgan kanal va guruh xizmatlari tan olinmoqda. Shunga ko'ra, ushbu jarayonni yanada jadallashtirish va avtomatlashtirish maqsadida telegram o'z ma'lumotlar bazasini dasturchilar uchun ochiq ma'lumotlar tizimi qilib qo'yib, undan foydalangan holatda turli kichik dasturchalar tayyorlash imkoniyatini yaratdi. Bu kabi dasturchalar umumiy nom bilan - bot deb yuritilmoqda.

Telegram bot - maxsus dastur sanalib, yaratilgan imkoniyatiga ko'ra foydalanuvchiga avtomatik tarzda javob qaytara oladi. Bugungi kunda bu kabi mahsulotni ishlab chiqish ham talaygina daromad manbayi bo'lib xizmat qilmoqda.

Kurs kimlar uchun mo'ljallangan?

  1. Telegramda bot yaratishni xohlovchilar - telegram orqali o'z mahsulotlarini ishlab chiqmoqchi bo'lgan yoki u orqali daromad topishni istagan kishilar.
  2. Tadbirkorlar - o'z bizneslarida yangi servisni yo'lga qo'yishni xohlagan kishilar. Agar dasturlashdan xabarlari bo'lmasa, kursda keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib, ularni shunchaki takrorlash orqali ham yangilik qilishlari mumkin.
  3. Web-dasturchilar - web dasturlashdan, asosan, PHP dan xabari bor hamda o'zlariga yangi imkoniyatni yaratmoqchi bo'lgan kishilar.

Videokurs asosiy 2 qismdan iborat

Fundamental

Fundamental qismda - telegramning asosiy funksiyalari bilan ishlash o'rgatilgan. Jumladan, bot orqali turli fayllar yuborish, xabarlarni boshqarish, bot strukturasi va boshqa asosiy qismlar tushuntirilgan

 

Amaliy

Amaliy qismda - ishlab chiqilayotgan botni web-sayt bilan integratsiyalashga asoslangan darslar berilgan. Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash, bot statistikasi va shunga o'xshash muhim amaliy ishlar olib borilgan.

Kirish
Telegramni o'rnatish, Botfather
Telegram API
Contact Bot yasash
Bot buyruqlari va parametrlari, Botfather
Web Hosting, SSL Sertifikat
Xabar yuborish
JSON
Parse mode, Html
Xabarnoma va havolaga ta'sir
Klaviatura
Inline Klaviatura
Forward, reply
Rasm yuborish
Audio yuklash
Fayl yuborish
Sticker yuborish
Video yuklash
Manzil yuborish
Yakuniy
Shablon o'rnatish
Config, login
Admin panel, Login 2-qism
Sozlash
Settings Section
API parameter
Pre-Export
Export, Import
Bot va web-saytni bog'lash, MySQL
Dynamic API
Paneldan xabar yuborish