Kurs tarkibi

Landing Page

Muallif: Bobobek Turdiyev

37800 UZS

A'zo bo'lish

Kurs haqida

Yaqin yillar ichida yurtimizda mavjud web saytlarning asosiy vazifasi ma’lumot  uzatish bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib xizmatning deyarli barcha turlari onlayn tarzda, maxsus web dasturlar orqali amalga oshirilayotgani turgan gap.

Hozirda dasturlash texnologiyasi shu darajada taraqqiy topdiki, dasturlarning o’zi dasturchi ishtirokisiz, maxsus boshqa dasturlar tomonidan yaratilmoqda. Bu esa dasturchi bo’lmagan kasb egasiga katta qulaylik yaratib bermoqda. Ya’ni, tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlagan kishilar, kichik start up egalari endilikda, maxsus reklama vazifasini o’taydigan shaxsiy web sahifalari uchun katta miqdordagi mablag’ni sarf etmay turib, zamonaviy dasturlash texnologiyasi orqali o’zlari xohlagan ko’rinishdagi tizimlariga ega bo’lishmoqda. Ushbu “Landing Page” kursi aynan shunday texnologiya uchun ajoyib vosita hisoblanadi.

Joriy kurs foydalanuvchiga mutlaqo kodlarsiz, zamonaviy tusdagi web sahifalarni ishlab chiqishni o’rgatishga mo’ljallangan. Unda yo’naltirilgan dasturda maxsus bloklar mavjud bo’lib, u sizning xohishingizga muvofiq tanlanadi hamda saytingiz avtomatik tarzda yaratiladi. Dasturdan foydalanishda alohida kodlar bilan ishlash o’rniga, munosib dizaynni xuddi o’yin o’ynagan kabi tanlash orqali qisqa vaqt ichida web saytingizga ega bo’lishingiz mumkin.

Kursda keltirilgan dastur yordamida tayyorlangan mahsulot natijasi html&css hamda bootstrap texnologiyasi ko’rinishida bo’ladi. Aytmoqchimanki, agar ishlab chiqqan saytingizga kod orqali o’zgartirish kiritishni xohlasangiz, unda bemalol bootstrap kodlarini ishlatishingiz mumkin.

85 daqiqalik kurs orqali olgan bilimlaringiz bilan 15 daqiqa ichida “Landing Page” tayyorlashingiz mumkin.

Landing Page
Interfeys
Menu
Block Parametr
Kontent parametri
Footer
Yakuniy
Mahsulot dizayni
Qo'shimchalar (Extentions)