Kurs tarkibi

InfoProtect

Muallif: Bobobek Turdiyev

117600 UZS

A'zo bo'lish

Kurs haqida

Mustaqil ravishda videokurs ishlab chiqaruvchi shaxslarda o'z videokurslarini himoya qilishga bog'liq muammolar, savollar yuzaga kelar edi. 

Ular o'z mahsulotlarini faqatgina ma'lum doiraga tegishli kishilar foydalanishlarini xohlashadi. Ya'ni foydalanuvchi kursni xarid qilsagina undan foydalana olishi lozim, shu bilan birgalikda, u kursni boshqa kishiga taqdim etganda kurs to'liq himoyalangan bo'lishi va boshqa shaxslar undan foydalana olmasliklari kerak.

Ushbu holatlarni bartaraf etuvchi hamda kursni to'liq himoya qiluvchi yo'l sifatida InfoProtect videokursi ishlab chiqildi.

InfoProtect videokursida videofayllarni himoya qilish uchun maxsus dastur ishlab chiqiladi. (Bu dasturdan faqatgina "Windows" tizimida foydalanish mumkin.) Ushbu dastur AMS dasturida yaratiladi va bunda sizga yirik dasturlash tajribasi talab etilmaydi.

Xulosa qilib aytganda, 109 daqiqa davomiylikka ega ushbu kurs, yaratgan video mahsulotingizni to'liq himoya qilishni o'rgatadi.

 

Kirish
Jarayon logikasi
AMS ni o'rnatish
Video obyekti
Himoya oynasi
Mashina kodi
Kalit
Register
Registrga yozish
Export
Maxsus dars