Ma'lumotlar bazasi va dizayni
30
Darslar
06:27:40
Davomiyligi
O'rta
Kurs darajasi
Kurs haqida
Kundalik ishlatayotgan dasturlaringiz, tashrif buyuradigan web-saytlaringiz va shunga o'xshash turli platformalarda chiqadigan ma'lumotlar qayerdan olinishi sizni qiziqtiradimi?
Yaratmoqchi bo'lgan loyihangizni dinamik - o'zgaruvchan holatda bo'lishini, doimo yangilanib turishini xohlaysizmi? Unda bu kurs aynan siz uchun.
SQL - Structured Query Language - Strukturalangan So'rovlar Tili bo'lib, ma'lumotlar bazasini boshqarish ustida ish olib boradi.
Bu bir yo'nalish, alohida soha bo'lib, loyihada ma'lumotlarni saqlash, mavjud ma'lumotlarni uzatish, qo'shish, tahrirlash, o'chirish kabi ko'rinishda vujudga keladi. Siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan PHP, Laravel, Java, C++, C#, REST API kabi tizimlar, tillar yoki texnologiyalarning deyarli barchasi bilan muomalada bo'la oladi.
Kurs davomida to'liq SQL tili haqida gap boradi, lekin asosiy fokus MySQL ga qaratiladi. Turli so'rovlarni tashkillashtirish, real baza ustida ish olib borish phpMyAdmin interfeysida aniq qilib ko'rsatiladi.
Ma'lumotlar bazasi dasturchisi loyihani qabul qilishi uchun, yoki uni boshqalarga tushunarli taqdim etishi uchun, ma'lumotlar bazasi dizaynini ham yaxshi tushuna olishi kerak. Shu sababli, unga asoslanib ER-EER diagrammalar tuzish va uning elementlari bilan tanishish ham alohida dars turkumida ko'rsatib beriladi.
Kurs tarkibi
- Web Server, Ma'lumotlar bazasiga kirish, SELECT
- SELECT DISTINCT - Ma'lumotlar bazasi
- Where clause, and, or, not - Ma'lumotlar bazasi
- Order BY - Ma'lumotlar bazasi
- INSERT - Ma'lumotlar bazasi
- NULL - Ma'lumotlar bazasi
- UPDATE - Ma'lumotlar bazasi
- Delete - Ma'lumotlar bazasi
- LIMIT - Ma'lumotlar bazasi
- Min Max Alias - Ma'lumotlar bazasi
- Count Avg Sum - Ma'lumotlar bazasi
- LIKE - Ma'lumotlar bazasi
- IN - Ma'lumotlar bazasi
- Beetween - Ma'lumotlar bazasi
- Inner Join - Ma'lumotlar bazasi
- Left Join - Ma'lumotlar bazasi
- Right, Full Outer Join - Ma'lumotlar bazasi
- Self Join - Ma'lumotlar bazasi
- Union - Ma'lumotlar bazasi
- Group By - Ma'lumotlar bazasi
- Having - Ma'lumotlar bazasi
- Exists - Ma'lumotlar bazasi
- Any All - Ma'lumotlar bazasi
- Insert Into Select, Table creation - Ma'lumotlar bazasi
- Comment, CASE - Ma'lumotlar bazasi
- Procedure - Ma'lumotlar bazasi
- Create, Drop, DB, Table - Ma'lumotlar bazasi
- ALTER TABLE - Ma'lumotlar bazasi
- Constraints - Ma'lumotlar bazasi
O'zingizga mosini tanlang.
Obuna bo'lishingiz bilan, barcha kurslarimiz ochib beriladi.