Denwer - lokal server

Tabiiyki, web-dastur yoki biror bir turdagi saytni ishlab chiqish jarayonida, alohida ma'lumotlar bazasini shakllantirishda, ya'ni mahsulotni dinamik ko'rinishga olib kelishda maxsus serverdan foydalaniladi. Faqat yagona kompyuter uchungina ishlaydigan server lokal server hisoblanib, undan maxsus dasturlar yordamida foydalaniladi. Qisqacha qilib aytganda, Php, CMS yoki shunga o'xshash boshqaruv tizimlaridan foydalanganda serverga muhtojlik seziladi. Ayni shu kabi holatlarni, joriy "Denwer - lokal server" sodda kursi qamrab oladi va dastlabki amallarni bajaradi.