Salom!

Men Bobobek Turdiyev.

Mening kim va nimalar bilan shug’ullanishimni tushunishingiz uchun o’zim haqimda gapirib o’taman.

Mening axborot texnologiyalari sohasidagi asosiy faoliyatim 2014-yildan boshlangan. Bu yilda litseyning 1-bosqich o’quvchisi bo’lgan Bobobek o’zining asosiy vaqtini web sayt yaratish va kompyuterda dasturlashga qaratadi hamda o’rganganlarini umumlashtirib o’z proyektlarini taqdim etishni boshlaydi.

2017-yilda Ingliz tilini mukammal o’rganishni xohlovchilar va IELTS test imtihoniga tayorlanuvchilar uchun maxsus o’zbek tilidagi portal – many.uz saytini ishga tushurdim va o’rgangan bilimlarimni boshqalar bilan o’rtoqlashish uchun saytda post qilib bordim. Biroz o’tib, programmer.uz nomi ostida o’zimning shaxsiy blogimni ham yaratdim.

Axborot texnologiyalarida o’z faoliyatimni davom ettirib, mukammallikka erishish uchun Toshkent shahridagi Inha Universitetiga qabul qilindim va hozirda ushbu universitet talabasiman.

Maqsadim: O’zbek tili interfeysiga ega mahsulotlarni yaratish va yurtimizda IT (information technology – axborot texnologiyalari) sohasini yanada rivojlantirishga hissa qo’shish.

Muallif sayt haqida: Joriy ko’rib turganingiz mening shaxsiy blogim hisoblanib, unda yurtimizda bo’lib o’tayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi faktlar, eng asosiysi, men tomonimdan ishlab chiqilgan mahsulotlar o’rin egallaydi. Bundan tashqari saytda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimni ham bog’lab qo’yganman, qilinayotgan postlarni ushbu sahifalarda ham kuzatib borishingiz mumkin.