Youtubedan video yuklash

YouTube tarmog’ida mavjud videofayllarni yuklab olishimizning bir necha xil variantlari mavjudligini bilamiz. Kimlar “Internet Download Manager” dasturini maqtasa, kimdir ru.savefrom.net sayti ajoyib variant ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu maqolada men mutlaqo qulay imkoniyatga ega boshqa bir sayt haqida gapirib o’tmoqchiman.

ClipConverter.CC – ushbu saytda youtubeda joylashtirilgan video faylning url manzilini kiritish orqali, videoni turli sifat darajasida yuklab olishingiz mumkin.

Saytning boshqalariga nisbatan ustunligi shundaki, Conversion format bo’limida kerakli format tanlansa, yuklab olmoqchi bo’lgan videomizning ma’lum qismini ajratib olishimiz mumkin. Masalan, biror bir kinofilm yoki ko’rsatuv tarkibidan 5 daqiqa ma’lum qismi kerak bo’lib qolganda, ushbu saytda videoning boshlanish hamda yakunlash vaqtlarini belgilab ajratilan qismni yuklab olish mumkin .

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: