While – takrorlash operatori

Sikl operatorlari haqida avvalgi darsda tanishib chiqqan edik. Hozir esa while operatori

va uning ishlatilinishini ko’rib chiqamiz.
N gacha bo’lgan barcha sonlar ichida 4 ga karrali sonlar chiqarilmasin. Qolgan sonlarni e’lon qiluvchi dastur tuzilsin.

#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
    int n, i=1;

    cout << "n = "; cin >> n;

    while(i<=n){
        if(i % 4 != 0)
        cout << i << endl;

        i++;
        }

    return 0;
}

Tushuncha: while kalit so’zidan so’ng shartni tekshiramiz, shart rost bo’lgandagina sikl tanasi bajariladi. Agar i sonini 4 ga bo’lsak qoldiq 0 (nol) ga teng bo’lmasa i sonini chiqarish kerak.
i ning qiymatini oshirish while uchun, for sikl opertoridan farqli ravishda, sikl tanasida beriladi.

#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
    int n, i=1; bool t=true;

    cout << "n = "; cin >> n;

    while(t){
        if(i % 4 != 0)
        cout << i << endl;
        else
        t=false;
        i++;
        }

    return 0;
}

Yuqorida keltirilgan misolda while dan keyin mantiqiy toifaga mansub, true qiymatni o’zlashtirgan t o’zgaruvchisi berilgan. Agar t ning qiymati false bo’lsa, while sikl operatori ishlamaydi. Misolda esa, qachon i o’zgaruvchisi 4 ga karrali bo’lsa t ni false qiymatga tenglashtirilishi keltirilgan.
Natija:
1
2
3

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: