Ko’pchilik video tahrirlovchi dasturlar bilan ishlashga (montajga) kirib kelayotgan kishilarda qaysi bir dasturdan foydalanish oson, qulay, qaysi bir dasturda murakkab effektlar bilan ishlash va materiallarni boyitish bilan bog’liq muammo va savollar tug’ilishi mumkin. Quyida siz shunga o’xshash savollarga javob topishingiz mumkin.

Hozirda bu turdagi dasturlardan yuzlab topishingiz mumkin. Men esa murakkablik va kuchlilik darajasiga ko’ra quyidagilarni tavsiya etaman.

  • 1. Windows Movie Maker

Ushbu dastur – foydalanishga qulay va o’rganish oson, sodda turdagi animatsion mahsulot tayorlab bo’ladi va shaxsiy kompyuteringizda alohida majburiyatlar talab qilmaydi. Video, rasm va musiqalar bilan qiynalmay ishlay olishingiz mumkin.

  • 2. Ulead Video Studio

Bu dasturda biroz murakkab effektlar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Video materiallarga qo’shimcha rang berish, ularning sifatini biroz yaxshilash, shu bilan birgalikda, qo’shimcha effektlar – yomg’ir, qor kabilarni joylashtirish imkoniyati mavjud. Audio fayllar bilan ishlashda ham maxsus ko’rinish bera olishingiz mumkin.

  • 3. Sony Vegas Pro

Murakkab effektlarga boy ushbu dastur qo’shimcha sifatida yashil fon bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, layer – bir nechta qavat materiallardan foydalanib, ekranda turli lavhalarni e’lon qilishingiz mumkin.

  • 4. Pinnacle Studio

Haqiqiy ma’noda o’ta kuchli dastur. Istalgan turdagi effektni bera olish mumkin. Yashil fon bilan ishlash imkoniyati yuqori.  Slayd-shou lar uchun ham bir necha proyektlari mavjud. Ulardan tayyor va individual holatda qiynalmay foydalanishingiz mumkin.

  • 5. Adobe After Effects & Adobe Premiere Pro

Eng so’nggi turdagi va bugungi kunda dunyo kinosi va kino dunyosini butkul boshqarayotgan dasturlar. Ulardan alohida alohida foydalanish mumkin. Biroq ular to’laqonli bir birini to’ldiradi. Ortiqcha ta’rif shart emas. Ularning imkoniyatlarini bu yerda ko’rib baho bering.

Muhimi qaysi dasturdan foydalanish emas, mahsulotni qanday yaratish. Sizlarga shu kabi ajoyib mahsulotlar yaratishni tilab qolaman.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan