Teskari slash

C++ da cout << orqali ekranga xabar uzatilishi ma’lum, biroq hech o’ylab ko’rganmisiz, agar ehtiyoj tug’ilsa, ekranga qo’shtirnoq ( “ ) yoki teskari slash ( \ ) belgilarini qanday chiqaramiz?!
Cout orqali xabar e’lon qilinganda qo’shtirnoq ichida xabar yozilishini bilasiz, shu sababli, ushbu qo’shtirnoqni ekranga chiqarishning iloji yo’qdek tuyuladi. Yoki, teskari slash ( \ ) belgisini ham cout orqali chiqarmoqchi bo’lsak, ekranda hech narsa chiqmaydi.

#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{

    cout << "  \  " <<endl; //Hech narsa chiqmaydi

    return 0;
}

Bu vaqtda shuni tushunishimiz mumkinki, teskari slash “\” belgisining C++ da alohida ahamiyati mavjud. Dasturga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi ba’zi bir ushbu belgi “\” ga bog’liq kodlar bilan tanishib chiqamiz.
\” – ekranga qo’shtirnoq belgisini chiqaradi.
\’ – yagona qo’shtirnoq (‘) belgisini chiqaradi.
\\ – ekranga bitta teskari slash belgisini chiqaradi.
\n – “new line” – yangi qator ma’nosini bildirib, undan keyingi xabar yangi qatordan e’lon qilinadi.
\t – gorizontal tab tashlaydi.
\a – “alert” – ogohlantirish belgisi bo’lib, windows sistemasining standart ovozini chiqaradi. (Ushbu kod ishlash vaqtida, kompyuterdan ovoz chiqadi”).

Ushbu kodlar o’z vazifasini ekranga chiqaruvchi voitalar cout << hamda cerr<< lar tarkibida ishlaydi. Dastur tuzib, foydalanib ko’rishingiz mumkin.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: