Sololearn

Dasturlashning turli ko’rinishidan o’z bilimimni oshirish maqsadida har xil resurslardan foydanib kelardim. Yaqinda do’stlarimdan Sololearn tizimidan foydalanish to’g’risida eshitib qoldim va unga a’zo bo’ldim. Ilgari, bu tizim haqida ko’p eshitib, vazifa va funksiyalari bilan yaqin tanishib chiqqan edim. Endilikda bu tizim to’g’risida sizlarga ma’lumot bermoqchiman.

SoloLearn¬†– onlayn va mobil o’rganish platformasi bo’lib, 12 ta turli dasturlash tillarini qamrab oladi, jumladan C++, Swift, Python, JavaScript, Php, C# va h.k.

SoloLearn 2014-yilda Eva Hyusyan va Davit Kocharyan tomonidan asos solingan va Kaliforniyaning Pleasanton shahrida joylashgan. 2014-yil 11-noyabr kunida¬†“ArmeniaFTW International Startup Contest” da eng yaxshi startupl deb topildi.¬† SoloLearn “Facebook” da “Yilning eng yaxshi dasturlari” mukofotiga sazovor bo’ldi. Hozirda 20 milliondan ortiq foydalanuvchi turli platformalarda ushbu tizimdan foydalanishadi.

Dasturdan foydalanish qulay. Tizimning rasmiy sayti orqali Email, Google Plus yoki Facebook yordamida ro’yxatdan o’tiladi. Tizim tarkibida turli o’rganuvchilar bilan musobaqalashish va bu orqali kerakli dasturlash tilini o’rganish imkoniyatingiz ham mavjud. Agar dasturlash tilidan xabaringiz bo’lmasa, alohida bo’lim orqali kerakli tilni qisqa vaqt mobaynida o’rganishingiz ham mumkin. O’rganish yakunlanganidan so’ng alohida testdan o’tib virtual sertifikat olasiz va darajangiz shu tariqa oshib boraveradi.

 

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

Fikr bildirish

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: