Shartsiz o’tish operatori

Shartsiz o’tish operatorining asosiy vazifasi, biror bir qo’yilgan muammo yechilmaguniga qadar ishni takrorlab beradi.

Misolda ko’ramiz.
Faqatgina manfiy sonni qabul qiluvchi va ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin.

#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
    int a;

boshlash:
        cout << "Manfiy son kiriting: ";
        cin>>a;

        if(a>=0)
        goto boshlash;

        cout << a << endl;

    return 0;
}

Tushuncha: dastlab takrorlanuvchi sohani aniqlash kerak va u yerga biror bir nishon o’rnatish zarur. Yuqoridagi misolda boshlash: orqali nishon o’rnatildi. O’zgaruvchiga qiymat berib, uning manfiy ekanligini tekshiramiz. Agar kiritilgan son musbat bo’lsa, goto orqali boshlash: nishoniga olib o’tiladi va sonni qaytadan kiritish so’raladi. Son manfiy bo’lgandagina ekranga uzatiladi.
Odatda kamdan-kam holatda ishlatiladigan ushbu operator yaxshigina vazifani bajara oladi.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: