Phpga kirish

Phpga kirish, ya’ni uni o’rganishni boshlashingiz uchun sizda HTML&CSS da dastlabki bilimlar kerak bo’ladi.

Php nima?

  • PHP so’zi “Hypertext Preprocessor” ning qisqartmasi hisoblanadi.
  • PHP ochiq kodli dasturlash tili.
  • Php skriptlari serverda bajariladi.
  • Php foydalanishga qulay va bepul manbadir.
  • Php fayli kengaytmasi .php hisoblanadi.

 

Php nima qila oladi?

  • Php orqali dinamik – o’zgaruvchan sahifalar yaratiladi.
  • Php orqali yaratilgan proyektga ma’lumotlarni qo’shish, yangilash, o’chirish, to’plash vazifalarini bajaradi.
  • Php ma’lumotlarni shifrlashda yordam beradi.

 

Php istalgan operatsion sistemada ishlay oladi va ma’lumotlar bazasining bir nechta turlarini qo’llay oladi.

Phpdan foydalanishda, avvalo, siz shaxsiy kompyuteringizga webserver o’rnatgan bo’lishingiz talab etiladi. Hozirda webserverlarning bir necha turlari mavjud. (Open Server, WAMPP, Denwer va boshqalar). Webserverni qay birini tanlash o’zingizga bog’liq. Men sizlarga OpenServer ni taklif etaman. Istasangiz denwerdan ham foydalanishingiz mumkin. Bu haqida alohida bepul videokurs ham yaratganman.

Navbatdagi darslar ketma-ketligida php sintaksisi va uning funksiyalari bilan tanishib chiqamiz.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: