Phpda o’zgaruvchilar

Php da o’zgaruvchilar ustida ish olib borish alohida masala hisoblanadi. Ularga oid ba’zi funksiyalar bilan tanishing.
isset() – o’zgaruvchining mavjudligini tekshiradi
unset() – mavjud o’zgaruvchini o’chiradi
gettype() – o’zgaruvchi toifasini ko’rsatadi
is_string() – o’zgaruvchini satr ekanligini tekshiradi
is_numeric() – o’zgaruvchini raqam ekanligini tekshiradi

<?php

$a = "5";

echo isset($a)."<br/>"; //1

echo gettype($a)."<br/>"; //string

echo is_string($a)."<br/>"; //1

$a++; //integerga o'tib qiymat 1 ga oshirildi

echo gettype($a)."<br/>"; //integer

echo is_numeric($a)."<br/>"; // 1

unset($a); //$a xotiradan o'chirildi'

echo isset($a)."<br/>"; //hech narsa chiqarilmaydi


?>

<br> tegi mavjud satr shuni anglatadiki, phpda bir necha qismlardan bitta satrni yasashda nuqta (.) dan foydalaniladi. Masalan,

<?php
$str = "dasturchiman";
echo "Men ".$str;
?>

Natija: Men dasturchiman.
Yuqorida keltirilgan dastlabki misolda, natijalarni bir-biridan ajratib turish uchun html ning yangi satrga o’tish
tegini qo’shib oldik.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: