Phpda Massiv (Array)

Phpda massivlar bilan ishlash tushunchasi sayt tuzishning back-end jarayonida doimiy vosita hisoblanadi.

Array (massiv keyingi o’rinlarda shunday yuritiladi) bu biror turga tegishli qiymatlarning bitta o’zgaruvchiga mansubligi sanaladi. Ular istalgan dasturlash tillariga mos ravishda, ustun va qatorlarga muvofiq qaraladi. Misollarda ko’ramiz…

<?php
$shaharlar = array("Toshkent", "Moskva", "New York", "Seoul");

echo $shaharlar."<br/>";

echo print_r($shaharlar);
?>

Massivni hosil qilishda array xizmatchi so’zidan foydalaniladi va o’z tarkibiga turli qiymatlarni oladi. Yuqorida keltirilgan misolda $shaharlar nomli o’zgaruvchini array sifatida qabul qildik va 4 ta qiymat berib o’tdik. Bu qiymatni o’zgaruvchiga mos id berib ishlatishimiz mumkin. echo orqali chiqarilgan dastlabki holatda faqat Array yozuvi e’lon qilinadi. Ya’ni, aynan qaysi element chiqarilishi aytilmagan. print_r() – funksiyasi esa, array elementlarini id orqali ifodalaydi. Bu holat faqat dasturchi tushunishi, qaysi elementlar qanday qiymatga ega ekanligini bilish uchun kerak. Foydalanuvchiga tushunarli bo’lishi uchun massiv elementlari quyidagi tartibda chiqariladi:

<?php

$shaharlar = array("Toshkent", "Moskva", "New York", "Seoul");

echo $shaharlar[0]."<br>"; //Toshkent
echo $shaharlar[1]."<br>"; //Moskva
echo $shaharlar[2]."<br>"; //New York
echo $shaharlar[3]."<br>"; //Seoul

?>

Yuqorida ko’rinib turibdiki massiv elementlari soni 4 ta. ID doim 0 dan boshlanganligi uchun shu tartibda keltiramiz.
Biz o’zimiz hosil qilgan massiv statik bo’lganligi uchun undagi elementlar sonini bilamiz. Agar bizda berilgan massiv dinamik bo’lsa undagi elementlar sonini qanday aniqlaymiz?!
Ayni shu o’rinda count() funksiyasidan foydalanamiz.

<?php
$shaharlar = array("Toshkent", "Moskva", "New York", "Seoul");

echo count($shaharlar); // 4
?>

Dinamik massiv elementlarini chiqarish uchun avval o’rgangan ba’zi amallar ketma-ketligidan foydalanamiz.

<?php
$shaharlar = array("Toshkent", "Moskva", "New York", "Seoul");

$elementlar_soni = count($shaharlar);

for($i=0; $i<=$elementlar_soni; $i++)
  echo $shaharlar[$i]."<br/>";
?>

Yuqoridagi misolda massiv elementlari soni n ta bo’lganda ham ishlatiladi.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: