Php sintaksisi

Php kodlarini yozishda webserverni ishga tushurib, faoliyatni boshlaymiz.

php kodlarini html kodlari tarkibida yozishingiz mumkin, shuningdek, html kodlari ham php kodlari tarkibida uchrab turadi. Php kodlari <?php  va ?> belgilari orasida yoziladi.

echo – php da asosiy amallardan biri bo’lib, xabar e’lon qilish vazifasini bajaradi.

// – orqali qatorni izoh sifatida qoldirish mumkin va bu natijada chiqarilmaydi.

# – bu ham qatorni izohga olib qo’yadi

/* */ – bu orqali ma’lum sohani izohga olish mumkin.


<html>

<head> <title> Php da birinchi dars </title> </head>

<body>

<?php echo "PROGRAMMER.UZ"; // Natija ekranga uzatiladi ?>

</body>

</html>

Phpda o’zgaruvchilarni e’lon qilish juda sodda bo’lib, ularda boshqa dasturlash tillarida bo’lgani kabi alohida toifa belgilash shart emas, to’g’ridan to’g’ri foydalanish mumkin va ular bir toifadan ikkinchi toifaga o’ta oladi. Php da har bir o’zgaruvchi oldidan $ belgisi qo’yiladi.

Phpning barcha kalit so’zlari, if, else, echo, for, while kabilar uchun katta-kichik harflarning ahamiyati yo’q.

Qo’shtirnoq. Phpda kod yozayotganda istalgan turdagi qo’shtirnoqdan foydalanish mumkin. ‘ – bittalik, ” – ikkitalik qo’shtirnoq.
Bularning farqi shundaki, bittalik qo’shtirnoq ichida yozilgan har qanday xabarni satr sifatida qabul qiladi, ikkitalik qo’shtirnoq tarkibida php kod o’zgaruvchilari uchrasa, ularning qiymatlari qaytariladi. Shuni aytish lozimki, qo’shtirnoq ichida html kodlarini bemalol ishlatishimiz mumkin.


<?php

$a = 5; //a o'zgaruvchisi 5 ga teng

EchO '$a = '; // bittalik qo'shtirnoq bo'lganligi
// uchun $a satr sifatida chiqadi
ecHo "$a"; // ikkitalik qo'shtirnoqda a ning qiymati chiqadi

//Natija: $a = 5
?>

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: