Php da o’zgarmaslar

Phpda o’zgarmaslar alohida masala hisoblanadi.

Ya’ni bir php fayl tarkibida yaratilgan o’zgarmaslarni sayt ishlab chiqilganda boshqa fayllar bilan aloqa o’rnatilganda boshqa fayl tarkibida ham foydalanish mumkin bo’ladi.
O’zgarmaslarni e’lon qilishda define() funksiyasidan foydalaniladi.

<?php
define(“SAYT”, ”http://programmer.uz”);
echo defined(‘SAYT’);
?>

Unutmang, o’zgarmaslarning oldidan $ belgisi qo’yilmaydi.
defined() funksiyasi esa o’zgarmasning mavjudligini tekshiradi. Agar bor bo’lsa 1 qaytariladi.
Php tarkibida mavjud o’zgarmaslardan biri __FILE__ o’zgarmasi hisoblanadi. Bu o’zgarmas shu kod yozilgan fayl joylashgan katalogni ko’rsatadi.

<?php
echo __FILE__; //php fayl manzili
?>

Bulardan tashqari, PHP_VERSION konstantasi mavjud bo’lib, o’z nomiga mos ravishda siz ishlatayotgan php versiyasini ko’rsatadi.

<?php
echo PHP_VERSION;
?>

Shu o’rinda shu narsani aytib o’tishimiz mumkinki, php kodlarini html kodlari tarkibiga olishimiz mumkin. Masalan:

<?php

define("RANG", "#FF0000");

?>
<p style =”color: <?= RANG;?> ;”> 
PROGRAMMER.UZ
 </p>

Rang deb nomlangan o’zgarmasimizni, css kod tarkibida qo’shib oldik. Bu yerda kod to’laqonli mukammal ishlaydi.
Diqqat!!! Quyidagilarga e’tibor bering.

<?php echo RANG; ?>
// va
<?= RANG; ?>
//bir xil vazifani bajaradi

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: