Php da funksiya

Phpda ko’plab funksiyalar bo’lishi bilan bir qatorda o’zingiz ham mustaqil funksiya yaratish imkoniyatiga egasiz.
Yangi funksiya yaratishda function xizmatchi so’zidan foydalaniladi hamda funksiya nomi keltiriladi.
Odatda, funksiyalar 2 ta turga ajratiladi: Parametrli va Parametrsiz funksiyalar.
Funksiyaning ushbu ko’rinishi ma’lumotning qay tarzda yuborilishiga ko’ra farqlanadi. Qisqa qilib aytganda, sharoitga qarab kerakli funksiya yaratiladi. Misollarda ko’rib chiqamiz.

<?php
function programmer_uz(){

  echo "Link: http://programmer.uz";

}

programmer_uz(); // Link: http://programmer.uz

?>

Yuqorida keltirilgan misolda programmer_uz() nomli parametrsiz funksiya hosil qilindi va faqat xabar e’lon qiladi.

<?php
function show($var = Humoyun){
echo "Salom $var <br>";
}


show(Shahzod); // Salom Shahzod

show(Muhammadjon); // Salom Muhammadjon

show(); // Salom Humoyun
?>

Keltirilgan misolda show() nomli parametrli funksiya taqdim etildi. Parametrli funksiyada qandaydir o’zgaruvchi kelishi talab etilganligi bois, $var nomli o’zgaruvchi qabul qilindi va unga boshlang’ich qiymat sifatida “Humoyun” berildi.
Pastki sohada, agar funksiya tarkibida o’zgaruvchi kelsa, u $var ga o’zlashtiriladi, aks holda boshlang’ich qiymat qaytariladi.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: