O’zgaruvchilar, arifmetik amallar, kiritish va chiqarish

C++ dasturlash tilida barcha dasturlarda bo’lgani kabi kiritish-chiqarish amallari alohida mavjud.
Avvalgi darsda cout << orqali xabarni e’lon qilish mumkinligi haqida aytilgan edi.
Ko’pchilik kitoblar, darslar yoki shunga o’xshash resurslarda cerr << kodi haqida ma’lumotni kamdan kam uchratamiz.
cerr << kodi ham ostream (output stream) – chiqarish kutubxonasiga mansub bo’lib, cout bilan bir xil ishlaydi, ya’ni cout o’rniga cerr ni ham ishlatishimiz mumkin. Biroq, odatda bu kod professional dasturchilar tomonidan dastur davomida uchraydigan xatoliklarni chiqarish uchun foydalaniladi (shart operatorlari bilan ishlanadigan masalalarda uchratishingiz mumkin). Cin >> istream (input stream) – kiritish kutubxonasiga mansub bo’lib, o’zgaruvchiga foydalanuvchi tomonidan qiymat kiritish vazifasini bajaradi.

Matematik amallarni ifodalashda standart holatda foydalanamiz, maxsus funksiyalarni ishlashni math.h fayli bog’lanishi bilan bog’liq darsda ko’rib chiqamiz.

#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
    cout << "((4 + 5) * 3) / ( 15 - 12 ) " << ((4 + 5) * 3 ) / (15 - 12) << endl;
    
    system("pause");
    
    return 0;
}

O’zgaruvchilar dastur davomida ishlatiladigan va qiymati o’zgarib turadigan dasturning ma’lum qismi hisoblanadi. Ulardan foydalanishda o’zgaruvchining qiymat qabul qilish xusuiyatiga ko’ra ma’lum toifa – kategoriyada e’lon qilish kerak bo’ladi. Ushbu toifalar (type):
– Int – butun sonlar
– Double, float – haqiqiy sonlar
– String – satr
– Char – belgili
O’zgaruvchilarni e’lon qilishning alohida majburiyatlari mavjud va ular:
– O’zgaruvchilarni e’lon qilishda dastlabki belgisi faqat lotin harfi yoki ostchiziq ( _ ) bo’lishi shart.
– O’zgaruvchilar uchun katta va kichik harflar ahamiyatli. Ya’ni, programmer va Programmer ikki xil o’zgaruvchi sifatida qaraladi.
– C++ ning xizmatchi so’zlari (cout, cin, float…) o’zgaruvchi sifatida qabul qilinmaydi.
– O’zgaruvchilarni e’lon qilishda probeldan foydalanilmaydi.
– Odatda, o’zgaruvchi, o’zgarmas va funksiyalarga siz tomoningizdan beriladigan nomlar – identifikator deb yuritiladi.
– O’zgaruvchilarni e’lon qilganda, boshlang’ich qiymat berish mumkin.

O’zgarmaslarni e’lon qilganda const (constant – o’zgarmas) xizmatchi so’zidan foydalanamiz.
O’zgarmaslarni e’lon qilganda ularga boshlang’ich qiymat berish kerak va ularning qiymatini dastur davomida o’zgartirib bo’lmaydi.

Izohlar (Comments) – dasturning faoliyatiga ta’sir ko’rsatmaydigan faqat dasturchi uchun ma’lum sohani izohlovchi – tushuntirib beruvchi vositalar hisoblanadi. // – ikkita slash belgisi orqali bitta qator (line), /* */ belgilar ketma-ketligi orqali ma’lum bir soha izohga olinadi.


#include <iostream>
#include <string.h>
using namespace std;

int main()
{
float const PI = 3.14; //o'zgarmasni ifodalash
int a = 4; //butun o'garuvchi
double b = 5.5; //haqiqiy o'zgaruvchi
float c = 7.9; //haqiqiy o'zgaruvchi
char symbol = 'a'; //belgili o'zgaruvchi
string str = "PROGRAMMER.UZ"; //string uchun string.h faylini qo'shish shart

cin >> b; //b ning qiymatini o'zgartirish
cout << b << endl; // b ning yangi qiymatini chiqarish

system("pause");

return 0;
}

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: