Toshkent shahridagi Inha Universitetida ochiq ma’lumotlar asosida turli loyihalar ishlab chiqishga mo’ljallangan “Open Data Challenge 2017” bo’lib o’tdi.

Turli tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan ushbu hakatonda yurtimizning  ko’plab universitetlari yoshlari ishtirok etishdi. 29-noyabr sanasida ochilish marosimi bo’lib o’tgan ushbu hakatonga 30-noyabrda start berildi va 2 kun davomida 400 nafar ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar uchun turli mavzularda treninglar bo’lib o’tdi. Qolgan 2 kun, 2-3-dekabr sanalarida ishtirokchilar o’z loyihalarini ishlab chiqishga kirishishdi va nihoyada ularning taqdimotlarini o’tkazishdi. Foydalanuvchilarga berilgan asosiy topshiriq, data.gov.uz saytining ochiq ma’lumotlar to’plamidan o’z loyihalari uchun foydalangan holatda, yurtimizning har qanday qatlamiga mos keladigan mahsulot yaratish edi.

Yaratilgan mahsulotlar quyidagi nominatsiyalarda baholanib, g’oliblar aniqlandi:

  1. Ochiq ma’lumotlarda asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
  2. Ochiq ma’lumotlarda asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
  3. Hakatonning eng innovatsion loyihasi.

G’oliblar 15-dekabrda Toshkent shahridagi Inha Universiteti binosida bo’lib o’tadigan marosimda taqdirlanishlari aytib o’tildi.

Manba: inha.uz

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan