Milliy Internet Tanlovi 2017

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yurtimizda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida “Milliy Internet Tanlovi” ni o’tkazishga start berildi.

Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlar uchun mo’ljallangan ijobiy mazmundagi eng yaxshi internet resurslarni yaratish, ko’paytirish, mavjudlarini aniqlash va rag’batlantirish,  internetning yoshlar uchun mo’ljallangan segmentini kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.

Tanlovning rasmiy sayti: www.mit.uz.

Tanlov uch bosqichda olib boriladi:

Birinchi bosqich  – tanlov ishtirokchilarini ro’yxatga olish.

Ikkinchi bosqich – g’olib va sovrindorlarni saralash – 2017 yilning 23 dekabrdan 25 dekabrigacha o’tkaziladi.

Uchinchi bosqich – g’olib va sovrindorlarni taqdirlash – 2017 yil dekabr oyining uchinchi o’n kunligida o’tkaziladi. Tanlov g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi tashkiliy qo’mita qaroriga asosan belgilanadi va www.mit.uz saytida e’lon qilinadi.

Tanlov nominatsiyalari

1. Madaniyat va san’at sohasidagi eng yaxshi sayt;
2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi sayt;
3. Eng yaxshi yangiliklar sayti;
4. Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt;
5. Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt;
6. Elektron kitoblar uchun yaratilgan eng yaxshi sayt;
7. Zamonaviy fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt;
8. Elektron tijorat sohasidagi eng yaxshi sayt
9. Ko’p tilda yaratilgan eng yaxshi sayt;
10. Eng yaxshi blog;
11. Eng foydali mobil ilova;

Tanlov shartlari bilan batafsil mit.uz yoki yoshlar ittifoqining rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Manba: mit.uz

 

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

Fikr bildirish

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: