Math.h funksiyasi bilan tanishish, inkrement, dekrement amallari

Ayrim matematik amallarni bajarish jarayonini amalga oshirishda dasturlash jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Dasturlashni boshlovchilar, yoki istalgan turdagi foydalanuvchilar ko’plab ishlatadigan math.h kutubxona fayli tarkibidagi ba’zi funksiyalar bilan tanishib chiqamiz, bu turdagi funksiyalarni, keyinchalik o’zimiz yaratishimiz ham mumkin.

pow() – ushbu funksiya darajani ifodalash uchun ishlatiladi, ya’ni sonning istalgan darajasini topishda yordam beradi. pow(a, 2) ko’rinishi a sonining kvadratini, pow(a, 3) esa kubini va hokazolarni bildiradi.

abs() yoki fabs() – ushbu funksiya sonning modulni topishda ishlatiladi, ya’ni manfiy son uchun sonning teskari ishorasi, musbat son uchun o’zini qaytaradi.

fmin() – ikki sondan minimumini topadi.

fmax() – ikki sondan maximumini topadi.

floor() – berilgan haqiqiy yoki butun sondan kichik butun sonni qaytaradi.

ceil() – berilgan haqiqiy yoki butun sondan katta butun sonni qaytaradi.

 


#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
int a = 3;

cout << "5 ning kvadrati : " << pow(5, 2) << endl; //25

cout << "-8 ning moduli : " << abs(-8) << endl; //8

cout << "324 va 342 sonlaridan kattasi: " << fmax(324, 342) << endl; //342

cout << "324 va 342 sonlaridan kichigi: " << fmin(324, 342) << endl; //324

cout << "floor(-3.8)=" << floor(-3.8) << endl; //-4

cout << "ceil(-3.8)=" << ceil(-3.8) << endl; //-3

system("pause");

return 0;
}

 

Standart holatda shu funksiyalar ishlatilinadi. Qolgan funksiyalar bilan ehtiyojga qarab ishlashni o’rganib boraveramiz.

Inkrement – Dekrement

C++ ning rivojlanish tarixida inkrement (++) amali asosiy o’rin egallagan, uning vazifalari qanday?

Dastur tuzish jarayonida sonning qiymatini oshirish yoki kamaytirish holatiga juda ko’p duch kelamiz. Inkrement ++ amali orqali o’zgaruvchi qiymatini 1 ga oshirishimiz, dekrement — amali orqali qiymatni 1 ga kamaytirishimiz mumkin.

+=, -=, *=, /= amallari ham mavjud bo’lib, ular qiymatni istalgan ko’rinishda o’zgartiradi. Buni misolda ko’rib chiqing:


#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
int a = 3;

a++; //a ning qiymatini 1 ga oshirish Natija: a = 4

a--; //a ning qiymatini 1 ga kamaytirish Natija a = 3

a+=3; //a ning joriy qiymatini 3 ga oshirish Natija a = 6

a-=5; // a ning joriy qiymatini 5 ga kamaytirish Natija a = 1

a*=10; // a ning qiymatiga 10 ni ko'paytirish Natija a = 10

a/=2; // a ning qiymatini 2 ga bo'lish Natija a = 5

cout << a << endl; // 5

system("pause");

return 0;
}

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: