Mantiqiy amallar

C++ da toifalar haqida ma’lumot berganda, boolean – mantiqiy toifani ham qo’shib aytishimiz mumkin edi. Lekin, mantiqiy amallar bilan ishlashda alohida ko’nikmaga ega bo’lish talab etiladi.
Bool – c++ da xizmatchi so’z bo’lib, mantiqiy toifaga tegishli o’zgaruvchini e’lon qilishda ishlatilinadi. Mantiqiy bo’limdagi o’zgaruvchilar faqatgina 2 ta qiymatni qabul qila olishadi – true (rost) va false (yolg’on).
Matematik amallarni bajarishda katta “>”, kichik “<”, katta yoki teng “>=”, kichik yoki teng “<=”, tenglik “==”, tengsizlik “!=” operatorlaridan foydalanami, va dasturdan qaytgan natijaga ko’ra, qiymat “true” bo’lganda “1”, “false” bo’lganda “0” qiymatga ega bo’lamiz.

#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
    bool k = false; //k = yolg'on

    cout << k << endl; // false 0

    k = 2<4; // true

    cout << k << endl; //true
    
    return 0;
}

Yuqorida keltirilgan misolda, dastlab, k – mantiqiy toifadagi o’zgaruvchiga “false” qiymat berildi va natija ekranga e’lon qilindi, bunda 0 qiymat ekranga chiqarildi.
Navbatdagi sohada, k o’zgaruvchisiga 2 ning 4 dan kichikligi ko’rsatildi, ushbu qism to’g’ri bo’lganligi uchun, k ga “true” – 1 o’zlashtirildi va ekranga uzatildi.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: