Landing Page

Ayni haqiqat, hozirda turli dasturlash tillari, HTML&CSS lardan farqli o’laroq, turli dasturlar hamda frameworklar orqali ham ajoyib ko’rinishga ega sahifa dizaynlarini ishlab chiqish mumkin. Biroq bu turdagi mahsulotlardan foydalanganda ham kodlar aralashmasisiz yetarlicha imkoniyatga ega bo’la olmasligimiz mumkin.
Gap front-end – sayt dizayni haqida ketar ekan, bootstrap texnologiyasi sohaning ushbu yo’nalishini rivojlantiruvchi hamda saytning yanada jozibador ko’rinishga olib keluvchi vosita sifatida qaraladi.

Biroq, unda ham turli xil kodlarni o’rganish va loyihangizda qo’llashingiz talab etiladi.

“KOD” so’zini keskin urg’u ostiga olayotganimning boisi shundaki, dasturchilar uchun bu tushuncha asosiy manba – kasb sifatida qaraladi, lekin bu sohadan mutlaqo uzoq kishilar uchun u qo’rqinchli bo’lib ko’rinishi hech gap emas.

Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, barchasiga yakun yasaymiz. Endilikda yangi mahsulotlar yordamida “qo’rqinchli kodlar” ning o’rniga o’z tasavvurlarimizni ishlatamiz.

CMS – Content Management System. Kontentlarni  boshqarish tizimi bugungi kun sayt olamida yetakchilik qilmoqda. WordPress, joomla, drupallarni ushbu tarkibga kiritishimiz mumkin.

Garchan bu turdan foydalanish orqali ham kodlarsiz qulay turdagi saytni ishlab chiqish mumkin bo’lsa-da, uning tarkib fayllarining hajm jihatdan yuqoriligi, oddiygina, bitta sahifadan iborat – landing page uchun ko’plik qiladi va hostingdan ko’proq joy egallaydi.

Ushbu nuqtada “LANDING PAGE” tushunchasiga kelgan ekanmiz, oddiygina yagona sahifadan iborat saytning bu ko’rinishi yurtimizda qanday baholanadi?!

helloworld.uz – 7 – 16 million

webnow.uz – 4.5 – 9 million

Albatta, bu narxlarning berilishi saytning funksionalligiga bog’liq bo’ladi. Agar siz yoki sizning tanishingiz bu turdagi sahifani yaratish niyatida bo’lishsa, yoki shu kabi faoliyatdan foydalanmoqchi bo’lishsa, imkoniyatni qo’ldan boy bermang, ayniqsa mutlaqo kodlarsiz qisqa vaqt ichida uni tayorlashning iloji bo’lganda…

Dasturlash olamidagi yangi texnologiya yordamida o’z sahifangizni yaratishingiz mumkin.

Siz xohlaysiz, u bajaradi.

Barchasi tasavvuringizga bog’liq.

Qiziqishlaringiz daromad olib keladi.

Vaqtingizni tejaysiz.

Hammasi sodda, natija esa yuksak.

Bularning hammasi “LANDING PAGE” videokursida keltirilgan.

 

Ushbu videokurs foydalanuvchilarga statik saytni yaratish bilan bir qatorda, uning barcha qurilmalarda birdek ishlashini ta’minlovchi dastur to’g’risida ma’lumot beradi.

Kurs davomida o’rgatilgan dastur yordamida tayyorlangan sayt html formatida saqlanadi. Bundan tashqari, kerakli JavaScript, CSS, Bootstrap fayllarini o’zi avtomatik tarzda yaratib o’tadi.

86 daqiqadan iborat darslar ketma-ketligida dasturning umumiy va qo’shimcha imkoniyatlari, shu bilan birgalikda, yangicha dizaynlarni qurish imkoniyati ko’rsatiladi. Kursning ekrandan olingan rasmi bilan tanishing:

 


 

30 000 so’m

 


 

Ayrim savollarga javoblar:

Kursdan nusxa olib foydalanish mumkinmi?

Nusxa olish mumkin, lekin foydalanib bo’lmaydi. Videofayllar bilan tanishish uchun maxsus kalit beriladi va ushbu kalit faqatgina yagona kompyuter uchun ishlaydi. Xarid qilish tushunchasi – kursga nisbatan emas, balki uning uchun kerak bo’ladigan kalitga nisbatan yuritilmoqda.

[collapse]
Kursni qanday olaman?

Ushbu kurs faqat elektron tarzda taqdim etiladi. Kursga buyurtma berilganidan so’ng, to’lov qilinishi bilanoq kursning yuklash manzili emailingizga yuboriladi.

[collapse]

 

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: