Header fayllar bilan ishlash

Avvalgi darslardan ham ma’lumki, c++ da yuzlab kutubxona fayllari mavjud bo’lib, ular orasida header

– linking fayllar alohida hisoblanadi. Hozirga qadar, math.h kutubxona fayli bilan tanishib chiqdik. Aynan shu fayl tarkibida mavjud har xil kodlardan foydalangandik. Ushbu darsda o’zimiz mustaqil (.h) – header faylini yaratamiz va o’z funksiyalarimizni joylaymiz.
Ishlatayotgan kompilyatoringizda yangi header faylni hosil qilasiz, va ixtiyoriy fayl nomi bilan saqlaysiz. (Masalan programmer.h). Uning tarkibida ixtiyoriy funksiya yaratasiz.

int add(int a, int b){
return a + b;
}

Ana endi yaratilgan header faylni Source faylga bog’lashimiz kerak. Ya’ni asosiy faylimizga.

#include <iostream>

#include "programmer.h" //header faylni qo’shib olish

using namespace std;

int main()
{
    cout << add(75, 25) << endl;

    return 0;
}

Agar header fayl tarkibidagi funksiyamizda cout yoki cin kabi kodlardan foydalangan bo’lsak #include orqali iostream kutubxonasini qo’shib olishni unutmasligimiz lozim. Qo’shish odatdagidek amalga oshiriladi.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: