Hakaton

Hakaton yurtimizda yaqin yillar oralig’ida kirib kelganligi sir emas. Yaqindan bo’lib o’tgan “1C kuni” ham shu tarkibga kiradi. Xo’sh hakaton o’zi nima? Hakaton (inglizcha hackathon, hack – xaker, marathon – marafon dan kelib chiqqan) – bu yaratuvchilar forumi, dasturchilar, dizaynerlar, menejerlar tomonidan ishlab chiqiladigan, qandaydir bir muammoni hal etishga qaratilgan dasturlar, loyihalar tanlovi, dasturlash marafoni.

Hackaton davomida ishtirokchilarning o’z yo’nalishlari bo’yicha bilimga ega bo’lishlari talab etiladi. Odatda, unga guruh bo’lib ishtirok etishadi va har bir ishtirokchi tanlangan muammoni hal etuvchi mavzuga oid loyihani bir tomonini ishlab chiqishadi. Jarayon 1-2 kun davom etadi.

Guruh tarkibida kamida dasturchi, dizayner va menejer bo’lishi talab etiladi. Dizayner tuzgan loyiha dizayni asosida, dasturchi o’z dasturini, yechimni ishlab chiqadi, menejer bu dasturning haqiqiy ma’noda kuchli vosita ekanligini yetkazib bera oladigan bo’lishi shart. Hakaton davomida har bir guruhda mahsulotlarini reklama qilishlari uchun qisqa vaqt (3-5minut) berilishi mumkin.

Yurtimizda yaqinda yana bir hakaton “Open Data Challenge 2017” bo’lib o’tishi to’g’risida e’lon berildi.

Ma’lumotlarga ko’ra, tanlovning asosiy tadbirlari 2017 yilning 30 noyabrdan 3 dekabriga qadar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida bo‘lib o‘tadi.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

Fikr bildirish

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: