Funksiyada o’zgaruvchilar

O’zgaruvchilardan foydalanish funksiyalar uchun turlicha hisoblanadi.

Ya’ni, main() funksiyasi tarkibidagi o’zgaruvchilarni boshqa funksiya tarkibida, yaratgan funksiyamiz tarkibidagi o’zgaruvchilarni main() funksiyasi tarkibida ishlata olmaymiz. Har bir funksiya tarkibidagi o’zgaruvchilar aynan shu funksiya uchun lokal hisoblanadi.
Masalalarni hal etish jarayonida bitta o’zgaruvchidan ixtiyoriy joyda foydalanishga to’g’ri kelishi mumkin. Bunday holatda, global o’zgaruvchilarini ishlatamiz.
Global o’zgaruvchilar barcha funksiyalardan avval e’lon qilinadi.
Global o’zgaruvchilardan foydalanganda :: (ikki nuqta belgisi) o’zgaruvchi oldidan qo’yiladi.

#include <iostream>

using namespace std;
int x = 1; //global o’zgaruvchini e’lon qilish

void inc(){
    ::x++;
    }

int main()
{
    int x = 5;

    inc(); // ::x = 2;

    ++x;
    ::x++; // ::x = 3;

    inc(); // ::x=4;
    cout << ::x++ << endl; // ::x=5; lekin avval 4 chiqib, keyin qiymat oshiriladi.

    return 0;
}
//Natija: 4

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: