do-while – takrorlash operatori

Navbatdagi sikl opertorlaridan biri – do-while.
do-while operatorining boshqa sikl opertorlaridan yagona farqi, ushbu sikl operatori hech bo’lmaganda bir marotaba bajariladi. Shartni ifodalash tartibi while ga o’xshab, ba’zi qismlar o’zgaradi.

#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
    int i=3;

    do{ //start
        cout << "Programmer.uz" << endl;

        }while(i<=2); //finish

    return 0;
}

Tushuncha: E’tibor bersangiz, i o’zgaruvchisiga 3 boshlang’ich qiymat berilgan. Sikl uchun qo’yilgan shart esa i<=2. Aslida, 3<=2 ifodasi xato bo’lishiga qaramay, sikl tanasi bir marotaba ishlayapti. Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, avval sikl tanasi bajarilib, keyin shart tekshiriladi. Sikllar bilan ishlash shu tariqa amalga oshiriladi. Boshqa mavzular bilan tanishib chiqishdan avval takrorlash opertorlariga oid ko’plab masalalar ishlashingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: