C++ dasturlash tili haqida gapirishdan oldin, umuman dasturlash tili o’zi nima va uning rivojlanish yo’li to’grisida ma’lumotga ega bo’lish ayni muddao bo’ladi.

Dasturlash tili – dasturchi va kompyuter o’rtasidagi muloqot tili, dastur esa bu muloqot natijasi, biror bir vazifani bajaruvchi mahsulot hisoblanadi. Odatda foydalanuvchi uchun dasturning qaysi tilda yaratilganligi emas, dasturning qanday vazifa bajarishi ahamiyatli. Biroq, bu turdagi dasturning mukammalligi, xotira va vaqtdan yutish imkoniyatlari va ma’lumotlar bilan ishlash qulayligi va istiqboli uchun kerakli dasturlash tilini tanlay bilish muhim.

Ushbu nuqtada C++ dasturlash tilining naqadar o’rinli ekanligini bilish lozim.

C++ dasturlash tili tarixi 1979-yil Bjarne Stroustrupga borib taqaladi. Stroustrup ushbu dasturlash tilini, dastlab, Ph.D dissertatsiyasi uchun yaratgan.

U ishini dastlab “C va klasslar” nomi bilan boshlagan. 1983-yilda dasturlash tili tarkibida inkrement (++) amali qo’yilgach, dasturlash tili nomi “C++”ga o’giriladi. Rivojlanish tarixi bilan batafsil cpluplus.com saytida o’qishingiz mumkin.

Kompilyatorlar – dasturlash tilini mashina tiliga o’giruvchi vositalar hisoblanadi. C++ dasturlash tili uchun bir nechta turdagi kompilyatorlarni misol keltirishimiz mumkin. C free, Code Blocks, Dev C++, Microsoft Visual Studio… Har bir kompilyatorda ishlash muhiti turlicha bo’lganligi sababli, dastur kodida farqlar kuzatilishi mumkin. Shu sabali Microsoft Visual Studio dasturining biror bir turdagi versiyasini (yoki CodeBlocks dasturni) tavsiya etaman.

Navbatdagi darslarda C++ dasturlash tiliga oid dastlabki kodlar bilan tanishib chiqamiz.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan