C++ dasturlash sintaksisi

C++ dasturlash tilini o’rganishda turli adabiyotlardan foydalanganda ma’lum bir turdagi mavzu uchun har xil kichik bo’limlarni ko’rishingiz mumkin.

Dasturlash alifbosi, o’zgaruvchilar, xizmatchi so’zlar, ularga ta’rif va shunga o’xshash gaplar. Biz ushbu bo’limda faqat amaliyot orqali kerakli ma’lumotlarga ega bo’lamiz va tushunchani tayyor kodlar orqali ifodalaymiz.

Aynan ushbu qismni boshlashda shaxsiy kompyuteringizga biror bir kompilyatorni o’rnatishingiz talab etiladi.

Demak, boshladik…

 


#include <iostream>

using namespace std;

int main(){

cout << "PROGRAMMER.UZ";

system("pause");

return 0;
}

#include xizmatchi so’zi orqali biror bir turdagi kod yoki fayl qo’shib olinadi. Yuqoridagi dastur kodida <iostream> (input output stream) kutubxonasi qo’shib olinmoqda. Bu fayl standart bo’lib, kiritish chiqarish amallarini bajaradi.

using namespace std dastur tarkibida mavjud operator, funksiya yoki ma’lum bir o’zgaruvchini bir nom ostida saqlangan sohadan chaqirish uchun ishlatiladi. Bu qismsiz dasturni ishlatib bo’lmaydi. Aks holda, har bir dastur elementi oldidan std:: qo’yish talab etiladi:

#include <iostream>

int main(){

std::cout << "PROGRAMMER.UZ";

system("pause");

return 0;

int main() bu asosiy funksiya hisoblanib, dastur ishga tushishi bilan,  aynan shu funksiya tarkibidagi qism birinchi bo’lib bajariladi.

cout << biror bir xabar yoki qiymatni chiqarish uchun foydalaniladi.

system(“pause”) – bu qismni dasturga qo’shish ishlatayotgan kompilyatoringizga bog’liq. Ba’zida ekranga ma’lumot e’lon qilinib, bir vaqtning o’zida dasturdan chiqib ketish holati kuzatilishi mumkin. Bu qism orqali dasturni pauza holatida ushlab turish va natijani ko’rishimiz mumkin.

return 0; – bizning main funksiyamiz int – butun toifa bo’lganligi sabali, har bir funksiya ma’lum qiymat qaytarishi kerakligini inobatga olib, ushbu sohani kiriting. 0 raqami o’rniga ixtiyoriy butun son yozishimiz mumkin. Odatda 0 (nol) raqami standart holatda keltiriladi.

{} – bu blok hisoblanib, kerakli funksiya soki sohalarni bir-biridan ajratib qo’yadi.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

Fikr bildirish

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: