C++ da tanlash operatori

Tanlash operatori – dasturlash tilida bir nechta qiymatdan o’zgaruvchiga mosini tanlash uchun xizmat qiladi.

Ba’zida u shart operatoriga nisbatan ancha qulay bo’lib, qo’yilgan masalaga mos ravishda dasturchi tomonidan afzal ko’riladigan operator hisoblanadi.
Switch, case, break, default – kabilar tanlash operatorining kalit so’zlari bo’lib, barchasi alohida ahamiyatga ega.
Uni misollarda o’rganamiz.
1<=n<=10 oralig’idagi sonning juft yoki toqligini tanlash operatori orqali ekranga chiqaruvchi dastur tuzing. [cpp] #include <iostream> using namespace std; int main() { int a; //o'zgaruvchiga qiymat beramiz cout << "a = "; cin >> a; switch(a) { case 1: case 3: case 5: case 7: case 9: cout << "Toq son" << endl; break; case 2: case 4: case 6: case 8: case 10: cout << "Juft son" << endl; break; default: cout << “Shartga mos bo’lmagan son kiritildi” << endl; } return 0; } [/cpp] Tushuncha: switch orqali o’zgaruvchi yuboriladi. Case orqali o’zgaruvchiga mos qiymat tanlanib, harakat bajariladi. (bu masalada cout orqali xabar chiqarilmoqda). break; orqali ish yakunlanib, tanlash operatoridan chiqib ketiladi. Agar break; qo’yilmasa, pastki sohadagi ishlar ham bajarilinib, xatolik yuzaga kelishi mumkin. Mabodo, kiritilgan o’zgaruvchi case orqali ko’rsatilgan qiymatga mos kelmasa, default qiymat yo’naltirgan harakat bajariladi. Raqamda kiritilgan 2 xonali sonni o’qib beruvchi (so’zda chiqaruvchi) dastur tuzilsin. [cpp] #include <iostream> using namespace std; int main() { int a, b; //o'zgaruvchiga qiymat beramiz cout << "a = "; cin >> a; if(a>=10 && a<=99){ // 2 xonali ekanligini tekshiramiz b = a / 10; //o'nlar xonasini o'zlashtiramiz a = a % 10; //birlar xonasini o'zlashtiramiz switch(b){ case 1: cout << "o'n "; break; case 2: cout << "yigirma "; break; case 3: cout << "o'ttiz "; break; case 4: cout << "qirq "; break; case 5: cout << "ellik "; break; case 6: cout << "oltmish "; break; case 7: cout << "yetmish "; break; case 8: cout << "sakson "; break; case 9: cout << "to'qson "; break; } switch(a){ case 1: cout << "bir"; break; case 2: cout << "ikki "; break; case 3: cout << "uch "; break; case 4: cout << "to'rt "; break; case 5: cout << "besh "; break; case 6: cout << "olti "; break; case 7: cout << "yetti "; break; case 8: cout << "sakkiz "; break; case 9: cout << "to'qqiz "; break; default: break; } } else cout << "kiritilgan son 2 xonali emas yoki manfiy son kiritildi"; return 0; } [/cpp]

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: