C++ da funksiyalar

Funksiyalar bir marotaba yaratilib, dasturning istalgan joyida, istalgancha foydalanish mumkin bo’lgan

operatorlar guruhiga aytiladi. Deylik, bir ishni dasturda qayta-qayta amalga oshirishga to’g’ri kelsa, standart holdagi kod yozishda ham vaqtni, ham ko’p joyni olib qo’yadi. Shunday o’rinlarda funksiyalarni ishlatish mumkin bo’ladi.
C++ da ko’plab funksiyalar mavjud bo’lib, ulardan doimiy ishlatadiganimiz main funksiyasidir. Bundan tashqari, Math.h kutubxona fayli bilan tanishganimizda, matematik munksiyalardan foydalanganmiz. Ushbu darsda o’zimiz mustaqil ravishda funksiyalar yaratib o’tamiz.
Funksiyalar 2 turga bo’linadi:
Parametrli va parametrsiz.
Parametrli funksiyada qandaydir qiymat, manzil yuboriladi. Parametrsiz funksiya hech qanday qiymat talab qilmasdan bajariladi. Ularni misollarda ko’rib o’rganamiz.
Funksiyalar main() funksiyasidan avval yaratiladi, yoki avval e’lon qilinib, asosiy kontentlari pastda yozilishi mumkin.
Funksiyalarni yaratish tartibi:
• funksiya toifasini aniqlaymiz (int, float, string, char…);
• funksiyaga ixtiyoriy nom beramiz;
• blok tarkibida operatorlar guruhini yaratamiz;
• return xizmatchi so’zi orqali funksiya toifasiga mansub qiymat qaytaramiz.

Ikki sonning yig’indisini topuvchi funksiya yarating.

#include <iostream>

using namespace std;

int add(int a, int b){
   return a + b;
}

int main()
{
    int n1 = 5, n2 = 8;

    cout << add(n1, n2) << endl;

    return 0;
}

Tushuncha: int toifasiga mansub add() parametrli funksiya yaratildi. Parametrli funksiyada a va b o’zgaruvchilari uchun qiymat kelishi shart. Main funksiyasi orqali keltirilgan n1 va n2 o’zgaruvchilarining qiymatlari add() funksiyasidagi a va b o’zgaruvchilariga yuboriladi va yig’indisi return orqali qaytariladi.
void toifasi.
Turli toifalardan farqli o’laroq, funksiyalar uchun maxsus void toifasi ham mavjud. Bu toifada yaratilgan funksiya hech qanday qiymat qaytarmaydi, ya’ni return ni talab qilmaydi.

Ikki sonning ayirmasini topuvchi, void toifasiga mansub funksiya yarating.

#include <iostream>

using namespace std;

void sub(int , int );

int main()
{
    int n1 = 5, n2 = 8;

    sub(n1, n2);

    return 0;
}

void sub(int m, int n){
    m = m - n;
    cout << m << endl;
    }

Yuqoridagi misolda, funksiya main() funksiyasidan avval e’lon qilinib, asosiy qismi esa undan keyin bajarildi.
Void va boshqa turdagi funksiyalarning bir-biridan farqi shundaki, returni mavjud har qanday funksiya natijasini main() funksiyasida cout orqali chiqarish shart. Void turidagi funksiyada return bo’lmaganligi sababli, funksiyaning o’zini yozishimiz zarur. Uni cout orqali ifodalay olmaymiz.

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: