1C kuni

2017-yilning 18-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha Universiteti va “Venkon Group” kompaniyasi talabalar uchun “1C kuni: koryera” tadbirini o’tkazishdi.

inha.uz“1C kuni: karyera” – 1C xalqaro firmasi va xalqaro hamkorlar bilan talabalar uchun o’tkaziladigan tadbir, bu yil birinchi marotaba O’zbekistonda o’tkazildi.

Ushbu tadbirda yurtimizning bir necha nufuzli oliygohlari Toshkent shahridagi Inha Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkentdagi xalqaro Vestminister universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkentdagi Singapurning menejmentni rivojlanish universitetlaridan 200 dan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

 

Ular 1C texnologiyasi  va mahorat darslarida olgan bilimlari yordamida o’zlarining dastlabki mobil ilovalarini ishlab chiqishdi. Tanlov yakunida 3 nafar g’oliblarga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

Manba: inha.uz

Agar gapda qandaydir xatolik topsangiz, Ctrl+Enter orqali xabar bering.

Fikr bildirish

error: Content is protected !!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: